1. Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikning uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini hudud miqyosida tadbiq etish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Ko’p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko’p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ko’p xonadonli uylarni texnik holatini monitoring qilish;
Ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va umumiy mulkni saqdashga qaratilgan majburiy badallar miqdorini aniqlash yuzasidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga uslubiy ko’maklashish;
Ichimlik suv va kanalizatsiya ob’ektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog’lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish dasturlarini amalga oshirilishini monitoring qilish;
Issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Markaziy qozonxonalarni, issiqlik tarmoqdarini modernizatsiya va rekonstrukiya qilish, shuningdek xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o’rnatish borasida respublika issiqlik ta’minotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tadbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo’jaligi ob’ektlarini zamonaviy hisoblash o’lchov priborlari bilan jihozlash;
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish;
Ichimlik suv, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish uchun hamda uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Qonun hujjatlariga muvofiq yuqori tashkilotlar nomenklaturasiga olingan lavozimlarga malakali kadrlar tanlash va belgilangan tartibda taqdim qilish;
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasining hududdagi tashkilotlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish bo’yicha ehtiyojni o’rganish, shu yuzasidan takliflar kiritish;
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasining hududiy tashkilotlari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga jalb qilish;
Boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatini yo’lga qo’yish va barqarorligini ta’minlash;
Boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda balans va moliyaviy hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish hamda Vazirlikka taqdim qilish;
2. Boshqarma o’ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududda Vazirlikning uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish faoliyatini boshqarishda:
Jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga bo’lgan talabini o’rganadi va o’rnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;
Iste’molchilarga uy-joy kommunal xizmatlar ko’rsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ko’p xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suv, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlar, shuningdek hududning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish ob’ektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini uslubiy ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi,
Boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlardarning axoli, ijtimoiy soha ob’ektlari va iqtisodiyot tarmoqdariga uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish barqarorligini ta’minlashga doir ishlarini tashkil etadi;
Ko’p xonadonli uy-joy fondi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarining texnik-iqtisodiy holati ko’rsatkichlarini o’rganadi va monitoring qiladi;
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya iste’molini kamaytirish choralarini ko’radi va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ko’p xonadonli uylarning saqlanishini ta’minlash, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish ob’ektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yadi;
Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, aholiga xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish choralarini ko’radi;
Hudud aholisini uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlarining faoliyati tug’risida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko’rib chiqadi va zarur choralar ko’radi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan bog’liq ishlar holatini tahlil qiladi, interfaol "samarali aloqa" va "virtual qabulxona" mexanizmini joriy qiladi;
Boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasini ta’minlash, avariya va yong’inlar, baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi;
O’z vakolati doirasida davlat mulkini boshqaradi va tasarruf etadi.
b) ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash va ulardan foydalanish tizimini rivojlantirish va takomillashtirishda:
Ko’p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo’yicha dasturlarni o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ko’p xonadonli uy-joy fondidan samarali foydalanish maqsadida «Ta’mirlash-tiklash xizmati» va "Yagona hisob-kitob markazi" faoliyatini tashkil qiladi, muvofiqlashtiradi va monitoring qiladi;
Ko’p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo’yicha dasturlarni shakllantiradi va amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag’lardan samarali hamda maqsadli foydalanish choralarini ko’radi;
Ko’p xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko’rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to’g’risida aholini axborot bilan ta’minlaydi;
Aholi punktlarida joylashgan ko’p xonadonli uylarni rekonstruktsiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ko’p xonadonli uyda joy mulkdorlarining umumiy mulkini saqlash, foydalanish va uning energetika samaradorligini oshirish bo’yicha bajarilishi shart bo’lgan tadbirlar ro’yxatini tuzadi va bajarilishini ta’minlaydi;
Ko’p xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ko’p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;
Ko’p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqdashtiradi.
v) suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishda:
Aholining, ayniqsa, qishloq joylarida toza ichimlik suvdan foydalanishini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Tegishli dasturlar doirasida ichimlik suv va kanalizatsiya korxonasi ishtirokida suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari hamda tarmoqlarini qurish, mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilishni amalga oshiradi;
Ichimlik suv va kanalizatsiya korxonasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar, mashina va mexanizmlar, ta’mirlash- foydalanish va o’lchash priborlari bilan jihozlashga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ichimlik suvni ishlab chiqarish va texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi va mazkur faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarishning bozor tamoyillariga mos mexanizmlarini joriy etilishini ta’minlaydi;
Ichimlik suv va kanalizatsiya ob’ektlarini o’z vaqtida foydalanishga qabul qilish choralarini ko’radi;
Suv quvurlari va kanalizatsiya inshootlarida energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini har bir aholi punkti bo’yicha pasportlashtiradi hamda pasportlashtirish natijalari asosida muntazam yangilanadigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
Markazlashtirilgan ichimlik suv ta’minoti tarmog’iga ulangan barcha toifadagi iste’molchilar uchun zamonaviy hisobga olish priborlarini bosqichma-bosqich o’rnatish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga doir ajratiladigan mablag’lardan samarali va maqsadli foydalanishda ishtirok etadi.
g) issiqliq ta’minoti tizimini riojlantirish va modernizatsiya qilishda:
Issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ko’p xonadonli uylar qurish, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarda energiya samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o’rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko’radi;
Jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqdarini modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishni hamda ularni almashtirilishida qatnashadi;
Energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo’lga qo’yish, abonentlarni issiqdik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag’lar va to’lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilinishni tashkil etadi.
d) uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida kadrlar bilan ishlash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi:
Tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi korxona va tashkilotlarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi;
Uy-joy kommunal xizmat ko’fsatish sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni o’rganadi;
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi uchun kadrlar zahirasini shakllantiradi;
"KommunalO’quv" o’quv-metodik markazida uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi mutaxassislari va xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkatlari xodimlarini o’qitish ishlarini tashkil qilishga ko’maklashadi.