• sayt xaritasi
  • pochta
  • bugun : 17.09.2019 | 18:
Ўтган кун давомида (2019 йил 16 сентябр) 24 та авария ҳолати бартараф қилинди: Тошкент шах. –6 (ССТ–3, ИСТ–3), Тошкент вил.–1 (ССТ), Фарғона вил.–9 (ССТ–6, К–3), Сирдарё вил. –1 (ССТ), Самарқанд вил.–1 (ССТ), Бхоро вил.–3 (ССТ), Қашқадарё вил. –2 (ССТ), Хоразм вил. –1 (ИСТ),
 01.03.2018 | manba: Axborot xizmati |  |

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasidagi istiqbolli rejalar

O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki iste’molchilarga toza ichimlik suvini etkazib berish aholiga ko‘rsatilayotgan hayotiy muxim xizmatlardan biridir.

Buni e’tiborga olgan holda keyingi yillar davomida ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.

Faqat 2011-2016 yillarda mamlakatimizda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek,
1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.

Natijada, respublikamiz aholisining 67 foizi ichimlik suvi bilan markazlashtirilgan manbalardan ta’minlanmoqda, jumladan, shaharlarda 72,4 foizni (Toshkent shahrisiz) va qishloqlarda 61,5% foizni tashkil etadi. Aholimizning 24 foizi ichimlik suvi bilan muqobil (alternativ) manbalardan, 9 foizi esa tashib keltirilish bilan ta’minlanmoqda.

Respublikada aholini ichimlik suvi bilan 35% er usti hamda 65% er osti suvlari manbalaridan ta’minlanmoqda.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha bir sutkada jami 6,8 mln.m3 ichimlik suvi ishlab chiqariladi va 4,1 mln.m3 suv iste’mol qilinadi. Aholi jon boshiga bir sutkada shaharlarda o‘rtacha 150 litr, qishloq joylarda 75 litr suv sarflanadi.

Tumanlar va aholi punktlari ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017 – 2021 yillarga qabul qilingan dastur va loyihalarga asosan 10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilgan  

SHu bilan birga 20 ta ichimlik suvi ta’minoti ob’ektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv o‘tkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Mazkur Dasturni moliyalashtirish uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat byudjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlaridan
2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi belgilangan.

2017-2021 yillrga qabul qilingan dasturni amalga oshirish natijasida 2021 yilga kelib aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olinishi respublikamiz miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga etkaziladi. Bunda 4,9 mln. aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, shundan qo‘shimcha 1,1 mln. aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Jumladan, Dastur doirasida Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) imtiyozli kreditlari hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nukus, Beruniy, Muynoq, Qo‘ng‘irot, Amudaryo va Qorauzyak tumanlari aholi punktlarini ichimlik suv ta’minotini rivojlantirish va tubdan yaxshilash, hamda «Tuyamo‘yin» 2-ko‘tarish stansiyasini modernizatsiyalash” loyihasini 2018-2022 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 160 mln. AQSH dollariga teng (shu jumladan, OTB hisobidan 100.0 mln.doll., “YAshil iqlim jamg‘armasi”ning 40.0 mln.dollar grant mablag‘lari va davlat byudjeti hisobidan 20.0 mln.doll. (soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish xisobiga).

Loyiha doirasida suv tarqatish inshootlarini rekonsturksiya qilish va yangi qurish, mavjud “Taxiatosh” suv tozalash inshootining quvvatinikuniga 60 ming m3 dan  120 ming m3 gacha oshirish, hamda ichimlik suvi tarmoqlarini qurish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasining 131 ta aholi yashash punktlarida istiqomat qiladigan 357 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

SHu bilan bir qatorda, Qashqadaryo viloyatining Koson va Muborak tumanlarida istiqomat qiladigan aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Kitob-SHaxrisabz er-osti suv xavzasi suv quvuri yaqinidagi qishloq axoli punktlari, Koson va Muborak tuman markazlari suv tizimini rekonstruksiyalash” investitsiya loyihasini 2018-2022 yillarda amalga oshirish maqsadida Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi (STJ) hamda OPEK Jamg‘armasining imtiyozli kreditlari jalb qilinmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 52.81 mln. AQSH dollariga teng (shu jumladan, STJ hisobidan 26,3  mln.doll va OPEK Jamg‘armasi hisobidan
16.25 mln.doll. va  davlat byudjeti hisobidan 20.0 mln.doll. (soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish xisobiga).

Loyiha doirasida 4 ta suv tarqatish inshootlarini rekonsturksiya qilish, 19 km magistral quvurlar hamda 251 km ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstrutsiya qilish natijasida, tumanlarning 110,0 mingdan ortiq aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

 

 

 

Ichimlik suvini olish, tozalash, uzatish va oqova tizimi orqali tozalash hamda tashlash texnologik sxemasi

SHaharlar va aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi yil davomida o‘zluksiz ishlayotgan o‘ta murakkab va ko‘p tarmoqli jarayondir.

Suv ta’minoti tizimlari murakkab inshootlar majmuasi bo‘lib, suv manbasidan boshlab iste’molchigacha bo‘lgan barcha inshootlarni o‘z ichiga oladi. Bu inshootlar bir biri bilan uzviy bog‘langan.

Mazkur tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Suvni qabul qilish va tozalash, iste’molchilarga suvni etkazib berish va Oqova suvlarni chiqarib tashlash.

Davlat dasturi ijrosi
Uy-joy kommunal xizmat tariflari
Xisoblagich Xisoblagichsiz
Elektr250-
Sovuq suv2809937.13
Issiq suv161125376.24
Chiqindi-3900
Gaz320 6083
Kanalizatsiya235-
Valyuta kursi
Ob-havo